AsosiyJamiyat

Islom KARIMOV: “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”

Yaqinda Prezidentimiz Islom Karimovning shu nomli kitobi “O`zbekiston” nashriyoti tomonidan ko`p ming nusxada chop etildi. 

Ushbu kitobdan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi 20 dan ziyod uchrashuv va anjumanlarda, jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari bilan uchrashuvlarda, ikkala palataning qo`shma majlisida, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisida, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi Homiylik kengashining yig`ilishida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasining VII s`ezdida, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylovchilari vakillari bilan uchrashuvlarda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq va ma`ruzalarida, shuningdek, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bildirgan eng muhim, konseptual ahamiyatga ega g`oya va fikr-mulohazalari o`rin olgan. 

Kitobda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o`tgan tarixiy yo`li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani nashrning qimmatini yanada oshiradi. 

“Xalqimizda “Etti o`lchab, bir kes” degan naql bor. Agarki 90-yillarda biz ham shoshma-shosharlik bilan ish tutganimizda hozir nima bo`lardi? Holbuki, o`sha vaqtlarda bor-yo`g`i bir hafta-o`n kunlik unimiz qolgan edi. Yigirma millionlik xalqni boqish eng katta muammoga aylangan edi. Agar o`sha paytda biz ham kimlarningdir soxta va`dalariga uchib, er osti va er usti boyliklarimizni garovga qo`yib, qarz ko`taraverganimizda bugun holimiz ne kechardi?” 

Albatta, bu kitobning har sahifasi, har bir satrini qayta-qayta o`qib chiqish foydadan xoli bo`lmaydi. Biz "Darakchi" gazetasining yangi sonida ushbu asardan olingan ayrim iqtiboslarnigina e`tiboringizga havola etamiz.

O`TKAZIB YuBORMANG!

    Boshqa yangiliklar