AsosiyJamiyat

Namanganda musiqali favvora foydalanishga topshirildi

Namangan shahrining Konstitusiya xiyobonida yangi barpo etilgan musiqali favvora foydalanishga topshirildi. 

Favvoralar atrofidagi turfa gulzorlar, manzarali daraxtlar viloyat markazi ko`rkiga ko`rk bag`ishlash barobarida shahar havosi musaffoligini ta`minlashga xizmat qilmoqda. 
Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi oldidan Konstitusiya xiyobonida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari doirasida yangi qurilgan musiqali va kamalakrang zamonaviy favvora shaharsozlikning go`zal namunasi sifatida namanganliklarga bayram tuhfasi bo`ldi. 
“Sfera dizayn qurilish” mas`uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari xorijdan keltirilgan ilg`or texnologiyalar asosida barpo etgan musiqali favvoraning diametri 18 metr. Undan 20 metr balandlikka otilib turadigan suv musiqa ohanglari va rang-barang chiroqlar shu`lasiga uyg`unlashib, kamalak misol betakror manzara hosil qiladi. 
Poytaxtdan kelgan estrada xonandalari va viloyat san`atkorlari ijrosidagi konsert tadbir ishtirokchilariga yanada ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi. 

    Boshqa yangiliklar