2016 yilning aprel oyidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi poliomielitga qarshi yangi vaksina joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar beradi.
Sog`liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi rahbari o`rinbosari Dilorom Tursunovaning ma`lum qilishicha, poliomielit yuqumli kasallik bo`lib, u insonni falajlik va nogironlikka, ba`zan esa o`lim holatiga olib kelishi mumkin. Ushbu kasallikning davosi yo`q. Bolani bir necha marta poliomielitga qarshi emlash uni butun hayoti davomida kasallanishdan himoya qilishi mumkin.
Butunjahon Sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, hozirda dunyoning 17 mamlakatida poliomielitning ikkinchi turi avj olgan. Kasallikning ushbu turi so`nggi 16 yildan buyon qayd etilmagan.
Shu sababli mamlakatimizda bolalarni poliomielitning ikkinchi turiga qarshi to`rt oylikdan in`eksiya shaklida emlash joriy etiladi.





