“O`zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasining matbuot xizmati avtotransportni ta`minlashda dizel yonilg`isi etishmayotganligi yuzasidan iste`mochilarning ko`p sonli murojaatlariga javob berdi.
Toshkent shahri yo`lovchi avtotransportini ta`minlashda dizel yonilg`isi etishmayotganligi yuzasidan iste`mochilarning ko`p sonli murojaatlariga javoban shuni ma`lum qilamizki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-sonli «Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to`g`risida»gi Qaroriga muvofiq «O`zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi«Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga, to`lovni 100 foiz oldindan amalga oshirish sharti bilan, to`liq hajmda yonilg`i etkazib beryapti.
Hozirgi vaqtda «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik kompaniyasi to`lovlarni oldindan o`tkazib bermayapti va olingan dizel yonilg`isi uchun katta miqdorda qarz bo`lib qolganligi to`g`risida xabar beramiz.





