AsosiyJamiyat

Banklarning umumiy kapitali 7,2 trln. so`mdan oshib ketdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bank tizimining 2015 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yakunlari va mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 16 iyuldagi yig`ilishida bank tizimi oldiga qo`yilgan dolzarb vazifalarning muhokamasiga bag`ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisni Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov boshqardi.

Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2015 yil uchun mo`ljallangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning bajarilishiga, mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlashga qaratildi.

2015 yilning I yarim yilligida mamlakatimiz bank tizimining kapitallashuv darajasini oshirish, uning likvidligini yanada mustahkamlash, barqarorligini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Natijada bank tizimida nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me`yorlarga, balki ayrim yo`nalishlar bo`yicha undan ham yuqori ko`rsatkichlarga erishildi.

Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etib, u xalqaro bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasi tomonidan 8 foiz qilib belgilangan talabga nisbatan qariyb 3 barobar ziyoddir. 2015 yilning 1 iyul holatiga ko`ra, banklarning umumiy kapitali 7,2 trln. so`mdan oshib ketdi.

 

    Boshqa yangiliklar