Modernizasiyalash va moddiy texnika bazasini mustahkamlashda real sektor korxonalarini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, engil sanoatning dinamik rivojlanishi uchun imkoniyat yaratdi. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 6004,4 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o`sish sur`ati o`tgan yilning shu davriga nisbatan 114,2 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida engil sanoat mahsulotining respublika jami sanoat mahsulotidagi ulushi 14,7 foizni tashkil etdi va o`tgan yilning tegishli davri ko`rsatkichlariga nisbatan 0,4 ga (14,3 foiz) o`sdi.
2015 yilning yanvar-iyun oylarida respublika to`qimachilik sanoati korxonalari tomonidan 4399,8 mlrd. so`mlik (2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 112,2 foiz), jumladan: ip-gazlama sanoatida 1185,9 mlrd. so`mlik (119,3 foiz) va trikotaj sanoatida 400,5 mlrd. so`mlik (116,2 foiz); tikuvchilik sanoatida 1113,1 mlrd. so`mlik (122,8 foiz); charm-poyabzal sanoatida 344,2 mlrd. so`mlik (122,0 foiz) mahsulotlar ishlab chiqarildi.
O`tgan yilning tegishli davriga nisbatan, engil sanoat tarmog`idagi yirik korxonalar tomonidan xom ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1,6 martaga, chakana savdo uchun qadoqlanmagan paxtadan yigirilgan pishitilgan ip – 1,3 martaga, tukli, paxmoq trikotaj polotnolar – 3,2 foizga, tikuv-trikotaj mahsulotlar – 1,2 martaga, shu jumladan: trikotaj yoki to`qilgan ustki kiyimlar – 2,1 martaga, ish kiyimlar – 1,6 martaga oshgan.
27.07.2015 10:12





