AsosiyShou-biznes

“Hilola eri bilan ajrashdi...mi?!”

Tahririyatimizga xonanda Hilola Hamidovaning shaxsiy hayoti bilan bog`liq qo`ng`iroqlar juda ko`p bo`lyapti. Ularning asosiy qismi xonandaning turmush o`rtog`i bilan ajrashgani, oilasiga darz ketgani haqida. Mazkur savollar yuzasidan xonandaga murojaat qilganimizda go`shakni Hilolaning opasi Malika ko`tardi.

Malika Hamidova: — Bunday gaplar qaerdan chiqayotganiga hayronman. San`atkorning shaxsiy hayoti shaxsiyligicha qolishi kerak. Shuning uchun bu masalada sizga hech narsa aytolmayman. Hilolaning oilasi tinch, u hozir yangi qo`shiqlariga klip suratga oldirish bilan band. 

    Boshqa yangiliklar