Kanizaning shu kunlarda opasi, xolasi, tog`asiyu ammasini nishonga olib kuylashi bejiz emas ekan...
Xonanda kuz oylarining oxirlarida turmushga chiqayotganini ma`lum qildi. Kanizaning bo`lajak turmush o`rtog`i san`at vakillaridan emas, shunga qaramay, xonanda uni to`ygacha ommaga oshkor qilishni istamayapti. “Jurnalistlarga atab qo`shiq kuyladim, endi navbat fotograflarga” – deydi xonanda.
Agar Kanizaning navbatdagi rejasi amalga oshsa, haqiqatdan ham olamshumul voqea bo`lishi turgan gap. Axir shu paytgacha fotograflarga atab hech kim qo`shiq kuylamagandi. Biroq, xonandaning navbatdagi “Hoji aka” nomli qo`shig`i ham, unga ishlangan klip ham juda katta tanqidlarga sabab bo`lyapti.





