AsosiyJamiyat

“Eng ulug`, eng aziz” tanloviga start berildi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O`zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yozuvchi va shoirlarni, jurnalistlar, tasviriy va kino san`ati namoyandalarini erkin, ozod va farovon hayotimiz, g`urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to`rt yilligiga bag`ishlab o`tkaziladigan "Eng ulug`, eng aziz" an`anaviy tanloviga taklif etadi. 
Tanlovga “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O`zbekistonim!” degan ezgu g`oyani o`zida mujassam etgan ijodiy asarlar qabul qilinadi. 
“Eng ulug`, eng aziz” tanlovi quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`tkaziladi: 
- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari; 
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari; 
- televidenie va radio ijodkorlarining materiallari; 
- tasviriy san`at, foto asarlari va dizayn ishlari; 
- kino san`ati asarlari. 
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
- muallif va uning professional faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot; 
- muallifning pasporti nusxasi; 
- ish joyidan tavsiyanoma; 
- muallifning manzili va bog`lanish telefonlari. 
Tanlovga 2014 yilning 1 avgustidan 2015 yilning 1 avgustigacha bo`lgan davrda chop etilgan badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e`lon qilingan maqolalar, radio va televidenie kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy va kino san`ati asarlari joriy yilning 5 avgustigacha qabul qilinadi. 
Tanlov g`oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma to`rt yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro`yxati matbuotda e`lon qilinadi. 
Ijodiy ishlar “Eng ulug`, eng aziz” tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 
100129, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy. 
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, 
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 
O`zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi. 
Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-27-79. 

    Boshqa yangiliklar