AsosiyJamiyat

Yoz mavsumida go`sht mahsulotlarining savdosini tartibga solishni muhokama qilishda ishtirok eting

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan go`sht va go`sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida” qonun hujjati loyihasi muhokama qilinmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati — oziq-ovqat mahsulotining iste`mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog`lig`i uchun xavfsizligini ta`minlaydigan mezonlar majmuidir. Ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi tekshiriladi. Toshkent shahaar hokimiyati yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda Qaror loyihasini ishlab chiqdi.
Qaror loyihasida, Toshkent shahar hokimligining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmuasi, Savdo, xizmat ko`rsatish sohasi va xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish departamenti, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Toshkent shahar Davlat veterinariya boshqarmasi, “Toshbozorsavdo” uyushmalarining, Toshkent shahar hokimligi tizimidagi dehqon bozorlarda veterinariya-sanitariya qoida va me`yorlari talablaridan kelib chiqib, sub mahsulotlarini (jigar, ichak, oshqozon, tuyoq, o`pka, kallapochcha va hokazolar) har yili yoz mavsumida (iyun oyidan oktyabr oyiga qadar) bozor hududiga olib kirilishi va savdoga chiqarilishini taqiqlash (maxsus vitrinali muzlatkichlar o`rnatilgan majmualardan tashqari) haqidagi takliflari, har yili yoz mavsumida (iyun oyidan oktyabr oyiga qadar) sovutgich uskunlari bilan ta`minlanmagan pavilon va savdo rastalarida sub mahsulotlar (jigar, ichak, oshqozon, tuyoq, o`pka, kallapochcha va hokazolar) savdosi ertalab soat 9:00 gacha belgilanishi, tez buziladigan sub mahsulotlar bilan belgilanmagan joylarda, shu jumladan bozorlar hududidan tashqari joylarda noqonuniy savdo qilish holatlarini oldini olish choralari ko`rish takliflari kiritilgan.
Qaror muhokamasida qatnashing va o`z fikr-mulohazalaringizni qoldiring.

    Boshqa yangiliklar