AsosiyShou-biznes

“Or-nomusing bormi o`zi, sen o`zi kimning bolasisan? Nimani targ`ib qilyapsan?”...

O`tgan haftada “Ma`naviyatimizni asrab qolaylik” mavzusida bo`lib o`tgan katta davra suhbatida O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq shoiri Muhammad ALI bugungi kunda “ommaviy madaniyat” aks etib turgan qo`shiqlar, ulardagi so`z g`aribligi va mentalitetga zid kliplar haqida fikrlarini bayon eta turib yuqoridagi kabi savollarni o`rtaga tashladi.

“Masalan, “Bojalar” guruhining almoyi-aljoyi jumlalardan iborat qo`shiqlari, Jasur G`oyipovning klipida to`yi bo`layotgan qizning sevgan yigiti oldiga qochib ketishi kabi sahnalar yoki Sevinch Mo`minovaning allambalo raqslardan iborat klipi O`zbekiston milliy kutubxonasida tasvirga olinishiga ruxsat berilishining o`zi haqida bir o`ylash kerak”, deydi O`zbekiston xalq shoiri.

Aslida bu mavzuda, ya`ni “ommaviy madaniyat”ning ayrim san`at vakillari tomonidan goh qo`shiq, goh kliplar orqali targ`ib qilinayotgani haqida shu kunga qadar ham ko`p va xo`p gapirilgan, yozilgan va muhokamalar bo`lgan. Ammo shunga qaramay, hamon qo`shiqlar matnidagi saviyasizlik, chalasavodlik, kliplar orqali esa betuturuq tasvirlar targ`ib qilinishi davom etmoqda. Xo`sh, muammo nimada?

Muammoning sabablari haqida "Darakchi" gazetasining 16 iyul kuni sotuvga chiqadigan sonida o`qishingiz mumkin.

O`TKAZIB YuBORMANG!

    Boshqa yangiliklar