AsosiyDunyo

Ekspert "Issiq havo koronavirus kuchayishiga sabab bo`ladi..." dedi

'Ekspert "Issiq havo koronavirus kuchayishiga sabab bo`ladi..." dedi'ning rasmi

Rossiyalik ekspert issiq havo koronavirus kengroq tarqalishiga olib keladi degan fikrni bildirdi. Bu haqda Aniq.uz ma`lum qildi.

Rossiyadagi Ivanovskiy nomidagi virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti professori Mixail Shchelkanovning ta`kidlashicha, issiq ob-havo koronavirusga chalingan bemor sonining ko`payishiga olib keladi, chunki odamlar o`z-o`zidan karantin qoidalarini buza boshlaydilar.

"Xavf shundaki, kunlar isiy boshlaganida odamlar uyda o`tirmay qo`yadi, ko`chaga chiqadi, natijada virus tarqalishi tezlashadi issiq kunlar boshlanganida, odamlar bir joyda o`tirmaydilar va ko`chaga chiqa boshlaydilar va bu virus kuchayishiga olib keladi", dedi Shchelkanov.

Shifokor Omsk viloyatini misol qilib keltirdi. Uning aytishicha bu hududda ob-havo isiy boshlagani tufayli odamlar ko`chaga intilishdi, bu esa bemorlarning ko`payishiga olib keldi. 

Rossiyada ayni damda 210 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 1 915 kishi vafot etgan.

Boshqa yangiliklar