AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholi soni bo`yicha dunyoda 43-o`rinni egalladi

O`zbekiston aholi soni bo`yicha dunyoda 43-o`rinni egalladi. Bu haqda Jahon bankining ma`lumotlari guvohlik bermoqda.

Jahon banki 2014 yil yakunlariga ko`ra, aholi soni bo`yicha mamlakatlar reytingini chiqardi, deya xabar beradi Uzdaily nashri. Reytingga 189 ta mamlakat kirgan.

Jahon moliya muassasasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda 2014 yil yakunlariga ko`ra 30,743 mln. aholi yashagan.

2013 yil yakunlariga ko`ra, O`zbekiston ushbu reytingda 43-o`rinni egallagan. Unda mamlakatimiz aholisi soni 30,241 mln. kishini tashkil qilgan. 2014 yilda O`zbekiston aholisi soni 0,502 mln. kishiga o`sgan.

Ta`kidlash joizki, mazkur ro`yhatga 214 ta mamlakat kirdi. Birinchi o`rinda 1,364 mlrd. aholi bilan Xitoy egalladi, ikkinchi va uchinchi o`rinlarda esa Hindiston (1,267 mlrd. aholi) va AQSh (318,857 mln. aholi) qayd etildi.

 

    Boshqa yangiliklar