“O`zbeknavo” estrada birlashmasining hududiy rahbari 200 AQSh dollari uchun qora kursiga o`tirdi.
Ruhafzo (ismi o`zgartirilgan) san`atga kirib kelganiga hali uncha bo`lgani yo`q. Hali u darajada tanilib ulgurmagan bo`lsa-da, har qalay, qo`shiqlari ahyon-ahyonda radio va telekanallarda aylanib turibdi. Katta-kichik tadbirlarda ham ko`rinish berdi. Bu yoqda to`y-hasham, xalq xizmatlari degandek...
— Yaxshimisiz? Bir chiroyli singlimizga lisenziya kerak bo`p qoldi. Faqat tezroq. Shuni nima qildik? Ha endi... xarajatsiz ish bitarmidi? Kelishtirib aytasiz-da!.. Tushunarli, bo`pti. — Zokirov go`shakni qo`yib, yana xonandaga tikildi. — Lisenziya bo`limi bilan gaplashdim. O`zi bunaqa ishlarning “stavka”si balandroq. Sizga “ustupka” qilyapmiz. Xullas, ikkita qog`oz bilan ishingiz bitdi hisob.
Ruhafzo kuppa-kunduz kuni undan pora talab qilayotgan amaldorga qarab ich-ichidan nafrati to`lib toshsa-da, sir boy bermadi.
— Shu xolosmi? — dedi sipolik bilan.
— Agar ko`nglingiz to`lmayotgan bo`lsa, birorta ziyofatga ham yo`q demaymiz, — ayyorona jilmaydi Zokirov...
Voqeaning to`liq tafsilotining “Darakchi” gazetasining 9 iyul kuni sotuvga chiqadigan 28-sonida o`qishingiz mumkin.
O`tkazib yubormang!





