Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottengem shahrida Professional tennischilar uyushmasi – ATR turkumiga kiruvchi “Aegon Nottingham Open – 2015” xalqaro turnirida yuksak saviyada o`yin namoyish etib, bosh sovrinni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi O`zA.
U musobaqada ispaniyalik Nikolas Almagro, argentinalik Xuan Monako, ukrainalik Sergey Staxovskiy, argentinalik Leanardo Mayer hamda kiprlik Markos Bagdatisni mag`lubiyatga uchratib, finalga yo`l oldi.
Hal qiluvchi bahsda AQSh vakili Sem Kuerrini har ikkala setda 7:6 hisobida engib, musobaqa g`olibiga aylandi.





