AsosiyShou-biznes

Yigitali Shohruhxonga taqlid qiladimi?

 

Yosh aktyor Yigitali Mamajonovning kino san`atiga kirib kelishi qaysidir ma`noda yangilik bo`ldi.

Lekin uning qiyofasi, o`zini tutishi, imidji va mimikasi ko`proq hind kino san`ati qiroli Shoxruxxonni eslatib yuboradi. Balki Yigitali aslida ham Shoxruxxonga taqlid qilar?

Hozircha, Yigitali Mamajonov unchalik ko`p filmlarda suratga tushgani yo`q. Ammo u har bir filmda o`ziga topshirilgan obraz xarakterni imkon qadar ishonarli ijro etishga harakat qilyapti. Hozir aktyor qanday ijodiy ishlar bilan bandligi haqida ma`lumot bersangiz.

Gulnora Abdieva, Samarqand viloyati

Tahririyat: 

Yigitali Mamajonov bilan bog`lanib,  muxlisning  savoliga javob oldik.

Yigitali Mamajonov, aktyor: —   Rejissyorlardan Ayub Shahobiddinov bilan yangi bir film ustida ish boshlayapmiz. Film nomi hozircha sir. Qolaversa, hozirgi paytda yana bir necha  rejissyorlardan takliflar bo`lyapti, ular orasidan  ma`qulini tanlab suratga tushishni rejalashtiryapman. Shohruhxonga taqlid borasidagi savolingizga kelsak, ochig`i men hech kimga taqlid qilmaganman. Hind filmlarini esa umuman tomosha qilmayman. Faqat Gollivud filmlarini ko`raman.   

    Boshqa yangiliklar