O`zbek Milliy akademik drama teatrida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.
Unga senatorlar, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari, noshirlik sohalarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy jurnalistlar, matbaachilar, oliy o`quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari professor-o`qituvchilari, talabalar taklif etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o`qib eshittirdi.
Tadbirda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o`tkazilgan «Yilning eng faol jurnalisti – 2014» respublika ko`rik-tanlovining g`olib va sovrindorlari taqdirlandi. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, Milliy teleradiokompaniya, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi hamkorligida ommaviy sport targ`iboti bo`yicha faollik ko`rsatgan jurnalistlarga diplom va sovg`alar topshirildi.
O`zbek Milliy akademik drama teatri jamoasining “Oydin” spektakli namoyish etildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosarlari E.Bositxonova, A.Ikromov ishtirok etdi.





