“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 2015 yilning 2 iyulidan Belarussiyaning poytaxti Minskka muntazam qatnovlar boshlanishi haqida ma`lum qildi.
Toshkent-Minsk-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY709/710 qatnovlari haftasiga ikki marta – seshanba va payshanba kunlari bajariladi.
Seshanba kuni qatnovning Toshkentdan parvozi 18:50 da, Minskdan soat 23:35 da amalga oshiriladi.
Payshanba kuni parvoz Toshkentdan 07:00 da, Minskdan 11:45 da amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soatu 15 daqiqani tashkil etadi.
Jadvaldagi vaqt har bir aeroport uchun mahalliy vaqtlarda ko`rsatilgan.





