AsosiyDunyo

Dollarda endi ayol qiyofasi paydo bo`ladi

AQSh tarixida ilk bor 10 dollarlik kupyurada ayol chehrasi paydo bo`ladi, deya xabar beradi Reuters.
AQSh moliya vaziri Jeykob Lyuning ma`lum qilishicha, yangi kupyura 2020 yilda paydo bo`ladi, tasvir "Amerikacha demokratiyaning qadriyatlarini namoyish etadi". Ammo hozircha banknotada kimning tasviri paydo bo`lishi ma`lum qilinmayapti. Ta`kidlanishicha, yangi kupyura haqidagi qaror jamoat fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi. Kampaniya natijalariga ko`ra Endryu Jekson, Eleonora Ruzvelt va Roza Parkslar etakchilik qilmoqda.
Ayol qiyofasi aks etgan kupyura ayollarga ovoz berish huquqi berilgan AQSh Konstitusiyasining 19-o`zgarishi qabul qilinganligining 100 yilligiga bag`ishlanadi.  

 

    Boshqa yangiliklar