AsosiyJamiyat

«Angren—Pop» temir yo`li hududida yashovchi aholiga kompensasiya to`lanadi

Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo`l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va er uchastkalari egalariga 4,1 mlrd co`m miqdoridagi kompensasiya to`lovlari belgilandi.

Mazkur to`lovlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Angren -Pop” elektrlashtirilgan temir yo`l qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensasiya mablag`lari ajratish to`g`risida” Qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari ushbu hududda joylashgan turar-joylar va er uchastkalari egalariga qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o`rnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablag`lardan 2 mlrd so`m miqdorida kompensasiya to`lanadi.

 

    Boshqa yangiliklar