Kuni kecha Koreya Respublikasida yaqin sharq respirator sindromi koronavirusi oqibatida ahvoli yomonlashgan yana ikki kishi halok bo`ldi. Buning oqibatida halok bo`lganlarning umumiy soni mamlakatda 16 kishiga etdi.
Bundan tashqari, koronavirus yuqtirilgan yana beshta yangi holat ro`yhatga olindi: Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 150 kishiga etdi, deya xabar beradi TASS.
Mazkur koronavirus ilk bor odamda 2012 yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan. Bugungi kunda ushbu koronavirus tarqagan mamlakatlar soni 23 tani tashkil qildi. 40 foiz hollarda kasallik halokatli yakun topadi.





