AsosiyJamiyat

«Asaka» bank koreys banklari bilan $695 million miqdoridagi moliyaviy hujjatlar imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 maydagi Farmoyishiga binoan 2015 yil 26 mayda o`tkazilgan O`zbek-Koreys biznes-forumi doirasida koreys kompaniyalari bilan muzokaralar o`tkazish va birgalikda istiqbolli investision loyihalarni belgilab olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Koreya Respublikasiga yuborildi.

Mazkur rasmiy delegasiya tarkibida Boshqaruv Raisi Qahramon Aripov boshchiligida «Asaka» bank vakillari ham ishtirok etdi.
Rasmiy tashrif doirasida «Asaka» bank tomonidan koreys banklari bilan umumiy qiymati 695 mln. AQSh dollar miqdoridagi moliyaviy hujjatlar imzolandi.
Mazkur mablag`lar koreys kompaniyalari ishtirokidagi investision loyihalarni moliylashtirishga yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar