AsosiyJamiyat

2015 yilning oxirigacha 77 ta yangi madaniyat va istirohat bog`i tashkil etiladi

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “Go`zal va so`lim dam olish maskanlari – xalqimiz xizmatida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi «2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog`larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to`g`risida»gi qaroriga binoan joriy yilning oxirigacha 77 yangi bog` tashkil etilishi, mavjud 148 bog`dan 105 tasi kapital rekonstruksiya qilinishi, 29 tasini kapital ta`mirlash, 14 tasini joriy ta`mirlash belgilangan, deya xabar beradi O`zA.

Dastur asosida 2011-2014 yillarda 90 madaniyat va istirohat bog`ida keng ko`lamli ta`mirlash va jihozlash ishlari bajarildi. Madaniyat va istirohat bog`lariga 800 dan ortiq zamonaviy attraksion o`rnatildi. Ushbu ishlarga 133 milliard 656 million so`mdan ortiq mablag` sarflandi. Hozir yana 80 bog`da bosqichma-bosqich ta`mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizdagi 225 madaniyat va istirohat bog`ida dam olish mavsumi boshlanganidan buyon turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, bolalar uchun sport musobaqalari o`tkazilmoqda. «Keksalarni e`zozlash yili» Davlat dasturi doirasida mazkur muassasalarda nuroniylarga mo`ljallangan dam olish maskanlari tashkil etilib, ularda faxriylarning maroqli hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda. 

Tadbirda madaniyat va istirohat bog`larida aholining dam olishi uchun maqbul sharoit yaratishga doir savollarga atroflicha javob qaytarildi. 

    Boshqa yangiliklar