Yagona portalda yangi xizmat ishga tushdi.
Yangi xizmat "Xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha o`quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish bo`yicha lisenziya olish" deb nomlanadi.
Lisenziya olish uchun zarur bo`lgan barcha hujjatlar Yagona portal orqali taqdim etiladi. Xizmat natijasi bo`lib lisenziya berish yoki rad etish haqidagi qaror hisoblanadi. Ushbu xizmat faqat yuridik shaxslarga ko`rsatiladi.





