AsosiyDunyo

Krishtianu Ronalduning onasi qo`lga olindi

Dunyo OAVlarida tarqatilgan ma`lumotlarga ko`ra, Dolores Aveyru chegaradan €10 o`rniga €55 ming olib chiqishga urinishi chog`ida qo`lga olingan.

Ispaniya "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining futbolchisi Krishtianu Ronalduning onasi Madrid aeroportida mamlakatdan katta pul olib chiqishga uringani uchun qo`lga olingan. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo nashri xabar bermoqda.

Gazeta ma`lumotlariga ko`ra, 61 yoshli Dolores Aveyru chegaradan ruxsat etilgan €10 ming o`rniga €55 ming olib chiqmoqchi bo`lgan. U barcha pulni Madrid aeroportida qoldirishga majbur bo`lgan.

Mashhur futbolchining onasi ushbu pulni qaerdan olgani haqida hujjatlar taqdim etishiga to`g`ri keladi.

 

    Boshqa yangiliklar