Sankt-Peterburg bo`yicha IIV matbuot xizmati qo`lga olingan vaqtda o`z plansheti bo`laklarini eyishni boshlagan mahalliy kimsa haqida ma`lumot berdi.
O`z derazasidan ko`chaga narsa uloqtirayotgani haqida xabar topgan mahalliy polisiya vakillari darhol voqea joyiga uchastka nozirini yuborishdi. Ular mazkur holat 41 yoshli erkak tomonidan amalga oshirilayotganligini aniqlashdi.
Qo`lga olingan vaqtda erkak o`zini g`alati tutib, o`z plansheti oynasi va plastikdan bo`lgan qismlarini eyishni boshladi. Polisiyachi erkakni to`xtatib, “tez yordam” chaqirdi. Ammo bezori shifokorlar kelguniga qadar vafot etdi.
Hozir mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, bo`lib o`tgan hodisa sabablari aniqlanmoqda.





