AsosiyShou-biznes

Asal va Shahzoda mojarosining sababchisi kim?

Ijtimoiy tarmoqlar bugun eng asosiy axborot maydoniga aylanib ulgurdi. Nafaqat san`at olami balki ijtimoiy sohada faoliyat yuritadigan kishilar uchun eng qulay aloqa vositasi. Undagi ba`zi xabarlar, suratlar e`tiborni tortmay qolmaydi. Ushbu sahifamizda doimgidek eng qiziq suratlarni e`tiboringizga havola etamiz.

“Asal kimning jig`iga tegmoqchi”

Aktrisa Asal Shodieva poytaxtimizdagi restoranlardan birida tushgan suratini instagramdagi shaxsiy sahifasiga joyladi. Stol ustida esa ikki qadahda sharbat, sham va gullar bor. Bu suratni ko`rgan Shodievaning muxlislari “Suratni xonanda Shohruxxon tushirganmi?”, degan savollarni yo`llashdi. Asal bu romantik kechada kim bilan edi degan savollar bisyor. Ammo aktrisa bu savollarga javob bermadi. Bizda esa aniq javob bor. “Ayg`oqchi”larimizning gaplariga qaraganda aktrisa shu kuni restoranga yaqin dugonasi bilan tashrif buyurgan va uni bu suratga dugonasi tushirgan. Balki Asal bu surat bilan kimningdir jig`iga tegmoqchidir...

“Asal va Shahoda o`rtasidagi sovuq munosabat...”

Aktrisa Shahzoda Muhammedova Samarqanddagi ko`hna obidalarning birida suratga tushdi. Surat qolib Shahzodaning qoldirgan izohlari e`tiborimizni tortdi. Izohda aktrisa Nazokat ismli sobiq dugonasini do`stlikka vafo qilmaganlikda ayblamoqda. Shahzodaning sobiq dugonasiga atab yozgan mulohazalari ancha vaqt muhokamalarga sabab bo`ldi. Darvoqe, aktrisaning sobiq dugonasi bugun aktrisa Asal Shodievaning qadrdon do`stlaridan. Nahot  Asal va Shahzoda o`rtasidagi sovuq munosabatlarning sababi shu bo`lsa?

“Chaqaloq ko`targan Ozodbek va Manzura”

“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Manzura jajji kichkintoylar bilan suratga tushib uni internetga joylashi odat tusiga kirgan. Bu gal kichkintoyni nafaqat Manzura balki O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ko`tarib turibdi. Qiziq!

“Bolaligim seni sog`indim...”

Xonanda Jahongir Poziljonov hech narsadan tortinmaydigan san`atkorlardan. Bolalar mashinasiga o`tirib olgan xonanda bolalik davrlarini qo`msagan bo`lsa ajabmas.

“Lola: Sevaman, judayam sevaman!”

Lola Yo`ldosheva yana muhokama maydonining asosiy mavzusi. O`tgan hafta u yaqin ijodiy hamkori va do`sti Narimon bilan tushgani suratini internet joyladi. Unga qoldirgan izoh esa Lolaning muxlislari qatori bizni ham hayratda qoldirdi.

“O`smalar qo`ysam yarashar qoshimga”

Halima Ibragimova internetning eng faol foydalanuvchilaridan. Aktrisa uyda palov damlayotganidan tortib, farzandlarini bog`chaga jo`natayotganigacha suratga olib internetga joylaydi. O`tgan hafta u qoshiga o`sma qo`yayotganini suratga olib, instagramga joyladi.

“Uxlagani ham vaqti yo`q...mi?”

Xonanda Munisa Rizaeva ishlayverib ancha toliqqan chog`i mashinasida uxlab qolibdi. Eng qizig`i bu holatni suratga oldirishga ham ulgurgan.

“Surat xira, lekin...”

Sa`dullaevlar sulolasining davomchisi Muqaddas Sa`dullaevaning yaqindagina instagram ijtimoiy tarmog`i qo`ygan surati va unga qoldirgan izohi ancha muhokamalarga sabab bo`ldi. Surat xira bo`lishiga qaramasdan unda Muqaddas turmush o`rtog`i bilanligini anglash qiyin emas. Qiziq, Sa`dullaeva turmush o`rtog`i bilan tushgan suratiga bunday izoh qoldirishining sababi nima ekan?! 

    Boshqa yangiliklar