O`tgan haftada ommaviy axborot vositalarida Tibbiyot akademiyasi hududida yong`in sodir bo`lganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biz mazkur hodisaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB Yong`in xavsizligi boshqarmasiga murojaat qildik.
Yong`in 2 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi hududidagi 1938 yilda bunyod etilgan, hozirda ish faoliyati to`xtatilgan binoda sodir bo`ldi.
Yong`in olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yuz bergan. Shu kuni mazkur hududda hashar ishlari olib borilib, undan chiqqan hashakalar yoqib yuborilgan, o`t zudlik bilan ushbu binoga o`tgan. Bino eski, tomlari yog`ochdan bo`lganligi sababli olov tez tarqab yong`in yuzaga kelgan.
Bino bo`sh bo`lgani sababli yong`in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q.





