AsosiyJamiyat

“O`zbekturizm” “O`zbekistonga sayyohat qilishning 10 ta sababi”ni ko`rsatdi

O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini tashqi bozorda targ`ib etish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar doirasida “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi “Buyuk Ipak yo`li” reklama agentligi bilan hamkorlikda “O`zbekistonga sayyohat qilishning 10 ta sababi” reklama-tarqatma broshyurasining dizaynini ishlab chiqdi va nashrdan chiqardi, bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.

A5 shaklidagi broshyuralar iste`molchilarga eng yangi va dolzarb ma`lumotlarni etkazish va ulardan foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Broshyuraning bu kabi o`lchovi o`qish uchun juda qulaydir. A5 shaklidagi broshyurani olib har qanday sharoitda o`qish imkoni bo`ladi. Juda kichik va qulay ushbu broshyura ko`p joyni egallamaydi va hattoki ichki chuntakka, yoki ayollar sumkasiga ham joylasha oladi.

Keyingi oy ushbu axborot broshyurasi ma`lumotlari fransuz, nemis, italyan, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab tillarida chiqariladi. Broshyuraning umumiy tiraji 10 ta tilda 80 000 ta namunani tashkil etadi va mamlakatimiz va chet elda eng ko`p auditoriyaga ega ma`lumotnoma sifatida tarqatilishi ko`zda tutilmoqda.

Ushbu broshyuraga O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish uchun sayyohlik guruhlarini shakllantirishga qiziqayotgan turizm sohasida faoliyat ko`rsatayotgan firmalar, kompaniyalar asosiy mijozlar hisoblanadi. Shuningdek broshyura O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik missiyalari uchun mo`ljallangan.

Broshyura O`zbekistonning mutaxassislari orasida tarqatiladi va O`zbekistonning milliy stendi namoyishlari davrida, xorijiy mamlakatlarda o`tkaziladigan sayyohlik ko`rgazmalari, turizmga bag`ishlangan seminarlar, namoyishlar vaqtida foydalaniladi.
 

    Boshqa yangiliklar