Xitoyning Yanszi daryosida 1 iyun kuni kechqurun 458 kishidan iborat “Sharq yulduzi” deya nom olgan kema cho`kib ketdi. Teploxod Szyansu sharqiy provinsiyasi poytaxti Nankindan, janubi-g`arbga Chunsin shahriga yo`l olgan.
«Sinxua» agentligining xabar berishicha, kemaning cho`kishiga kuchli dovulgan duch kelgani sabab bo`lgan. Qutilib qolishning uddasidan chiqqan kema kapitani va bosh muhandisining so`zlariga ko`ra, kema juda tez fursatlarda ikki daqiqada suv ostiga g`arq bo`lgan.
Bu esa ekipajga halokat signalini berishga vaqt ham qoldirmagan. Halokat sodir bo`lgan joydagi daryoning chuqurligi 15 metr, kemaning balandligi — 11 metr. Qutqaruvchilar halokat joyini vizual tarzda aniqlashga muvaffaq bo`lishdi. Suv ostida ag`darilgan teploxodning aksi ko`rinib turardi.
Xitoy OAVlari bergan ma`lumotlarga ko`ra, kema haddan ortiq to`la bo`lmagan unda barcha yo`lovchilar uchun etarli qutqaruv jiletlari bo`lgan. The Guardian nashrning yozishicha, halokat tez sodir bo`lganligi sabab cho`kayotgan yo`lovchilar hatto qutqaru jiletlarini olishga ham ulgurishmagan.
Bortda asosan sayyohlar bo`lganligi sababli qurbonlarning yaqinlari agentliklarga tashlanishgan, shundan so`ng Shanxay polisiyasi aralashishga majbur bo`ldi. Ular bortda bo`lgan barcha yo`lovchilarning ro`yhatini taqdim etishni talab etishmoqda.
Kema bortida 47 nafar ekipaj ae`zosi va 405 nafar yo`lovchi va 5 nafar sayyohlik agentliklari xodimlari bo`lgan.
Kema Szyanli shahri hududida cho`kan. Halokat Xitoy vaqti bilan soat 21:28 da sodir bo`lgan.
Voqea joyiga etib kelgan qutqaruv guruhining ishi yomg`ir va kuchli yomg`ir oqibatila qiyinlashgan.
Halokat joyida qutqaruv ishlarini 34 ta qutqaruv kemalari olib borishdi. Bundan tashqari, qutqaruvchilarga ko`plab baliq ovlovchi qayiqlar ham yordam berish uchun etib kelishdi.
Xitoy Xalq respublikasi Davlat kengashi boshlig`i Li Kesyan shaxsan qutqaruv operasiyasiga boshchilik qildi. XXR raisi Si Szinpin bo`lib o`tgan hodisani Xitoy yangi tarixidagi eng katta fojea deya atadi.
Cho`kkanlarning barchasi Xitoy fuqarolari bo`lib, ular orasida asosan keksalar bo`lgan.
Turli manbalar bergan ma`lumotlarga ko`ra, kemada bo`lgan 20 nafargacha odam qutqarib olinishga muvaffaq bo`lgan.
400 dan ortiq kishi bedarak yo`qolgan deya ro`yhatga olingan.
«Sharq yulduzi» — 2,2 ming tonnagacha suv sig`imiga ega unchalik katta bo`lmagan kruiz layneridir. Uning uzunligi 76,5 metr, balandligi — 11 metrdan iborat. Kema Chongqing Eastern Shipping Corporation kompaniyasiga tegishli.





