2015 yilning 3 iyunidan 31 dekabrigacha «GM Uzbekistan» AJ xalqaro plastik kartochkalar orqali to`lov qilinadigan Lacetti-2 va Cobalt rusumli avtomobillarining yangi narxlarini belgiladi.
Kompaniyaning call-markazidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Lacetti-2 va Cobalt avtomobillarining birinchi va ikkinchi pozisiyasi valyuta plastik kartochkalari orqali to`langanda 15% kamaytirilgan.
Barcha kerakli ma`lumotlarni « GM Uzbekistan» AJ ning rasmiy ro`yxatdan o`tgan dilerlik korxonalaridan, shuningdek, kompaniyaning ma`lumot markazidan olish mumkin.
Kompaniya ma`lumot markazi telefoni: 141 77 77





