Yaponiyaning markaziy qismida joylashgan Siga prefekturasida og`irligi 700 kilo bo`lgan varrak festivalga tashrif buyurgan tomoshabinlar ustiga qulab tushdi.
Voqea oqibatida to`rt kishi jabrlandi, ular orasida 73 yoshli erkak va etti yoshli bola ham bor, deya xabar beradi Japan Today.
31 may kuni har yili bo`lib o`tadigan Big Kite festivalida bambuk daraxtidan yasalgan 12 x13 metr bo`lgan varrak 200 metr balandlikdan tomoshabinlar ustiga quladi.
Jiddiy jarohat olgan keksa erkak kasalxonaga etkazildi. Hozirda u xushsiz ahvolda.
Polisiya bo`lib o`tgan hodisa sabablarini aniqlamoqda.
2004 yilda Tokiodan uzoq bo`lmagan Kanagava prefekturasida bir tonnalik varrak qulashi oqibatida sakkiz kishi jabrlangan.





