AsosiyJamiyat

Samarqandda uch kishini o`ldirgan sartarosh 23 yilga qamaldi

Samarqandda engiltak ayol va uning yaqinlarini o`ldirgan sartarosh 23 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda kun.uz xabar beradi

Samarqand viloyat prokuraturasi tergovchisi Akmal Ikromovning ma`lum qilishicha, engiltakligi bilan tanilgan ayol yosh sartaroshdan qarzga pul olib, so`ng bu qarzini sartaroshning jinsiy ehtiyojini qondirish yo`li bilan qaytargan.

Bir muddat o`tib, ayol tovlamachilik yo`liga o`tgan: agar yosh sartarosh 6 ming dollar bermasa, uning ustidan huquqni muhofaza qilishini va sartarosh tomonidan zo`rlanganini aytish bilan tahdid qilgan.

“Shundan so`ng yosh sartarosh ayolning uyiga kelib, uni bo`g`ib o`ldirgan. Tasodifan qotillik guvohiga aylangan ayolning onasi va singlisini esa pichoq bilan o`ldirgan”, – dedi viloyat prokuraturasi vakili.

    Boshqa yangiliklar