AsosiySport

Bugun Toshkentda Qilichbozlik bo`yicha jahon chempionati start oldi

Bugun, 1 aprel kuni “O`zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo`yicha bolalar-o`smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabida qilichbozlik bo`yicha 17 yoshgacha o`smirlar va 21 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida Jahon chempionati start oladi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.  

2014 yilning 21 noyabr kuni Italiyaning Rim shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro qilichbozlik federasiyasining navbatdagi Kongressida 2015 yilgi jahon chempionati ilk bor Toshkent shahrida o`tkazilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston qilichbozlik federasiyasi hamda qator tegishli vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bu musobaqada dunyoning yuzdan ortiq davlatlaridan 1500 nafarga yaqin yosh qilichbozlar shaxsiy va jamoaviy hisobda rapira, shpaga va sablyada medallar uchun kurash olib borishlari kutilmoqda.

Bugun 16:30da Badiiy gimnastika bo`yicha bolalar-o`smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabida musobaqa oldidan matbuot anjumani o`tkazilsa, 18:00da turnirning tantalali ocholish marosimi boshlanadi.

Musobaqalar 9 aprelgacha davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar