AsosiyShou-biznes

Dilso`z shu yilning 21-aprel kuni turmushga chiqmoqda

Dilso`z “Mango” guruhi xonandalaridan biri Farrux bilan shu yilning 21 aprel kuni oila qurmoqda. Farrux Dilso`z bilan ancha yillardan buyon tanish, ularning muhabbat qissasiga 7 yil bo`lgan, deya xabar beradi uz24.uz nashri protoday.uz sayti ma`lumotlari asosida.

To`ydan keyin Farrux Dilso`zning qo`shiq aytishiga qarshi emasligini, shu sohaga uning o`zi olib kirganini aytgan. “Navoiyda o`qib yurgan kezlarimiz avval men Toshkentga kelib, ijodimni boshladim. Keyin Dilso`zni olib keldim. Shundan so`ng, Sardor Rahimxon o`tkazgan kastingda ishtirok etdi va ijodini boshladi. Qolaversa, biz hamkasbmiz, sohamizni yaxshi tushunamiz”,-deydi u.

Ma`lumot uchun, Farrux 1989 yil Navoiyda tug`ilgan. Ijodiy faoliyatini “Mango” guruhi tarkibida boshlagan va davom ettirmoqda.

Dilso`z (Go`zal Jumaniyozova) 1989 yil Navoiyda tug`ilgan. "Nihol" mukofoti sovrindori.

    Boshqa yangiliklar