AsosiySport

Garet Beyl rasman dunyoning eng tez yuguradigan futbolchisi

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl rasman dunyoning to`p bilan eng tez yuguruvchi futbolchisi deb topildi. FIFA tomonidan ma`qullangan hamda Meksikaning “Pachuka” klubi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotda uelslik futbolchining maksimal tezligi soatiga 36,9 kilometrni tashkil etgan. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Ikkinchi o`rinni “Pachuka” yarim himoyachisi Yurgen Damm (35,23 km/s), uchinchi o`rinni esa “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Antonio Valensiya (35,1 km/s) egallagan.

KUChLI O`NTALIK:

1. Beyl (“Real”) — 36,9.

2. Damm (“Pachuka”) — 35,23.

3. Valensiya (“MYu”) — 35,1.

4. Lennon (“Tottenxem”) — 33,8.

5. Ronaldu (“Real”) — 33,6.

6. Uolkott (“Arsenal”) — 32,7.

7. Messi (“Barselona”) — 32,5.

8. Runi (“MYu”) — 31,2.

9. Riberi (“Bavariya”) — 30,7.

10. Ramos (“Real”) — 30,6.

 

    Boshqa yangiliklar