AsosiyShou-biznes

Toshkent Fotosuratlar uyida “Mening teatrim” ko`rgazmasi tashkil etildi

Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro teatr kuniga bag`ishlab “Mening teatrim” deb nomlangan ko`rgazma tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Ko`rgazmada iqtidorli fotoijodkor Rahmonbek Islomovning ishlari namoyish etilmoqda. Bugungi sahna san`ati, repetisiya jarayoni, rejissura, sahna orti hayoti va aktyorlik mahoratiga bag`ishlangan ko`plab fotoasarlar mutaxassislar va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar