AsosiyShou-biznes

Shuhrat Qayumovdan yangi tarona premerasi: “Onamni dugonalari”(music version)

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Shuhrat Qayumovning har bir kuylagan qo`shiqlari tinglovchilar yuragiga etib borib qalbidan joy oladi, deya xabar beradi popcorn.uz.

Yaqinda bo`lib o`tgan yakkaxon konsert dasturidan joy olgan taronalarning barchasi muxlislarga manzur bo`lib olqishlarga savozor bo`ldi.Bugun Shuhrat Qayumovning yana bir qo`shig`i premera tarzida tinglovchilarga taqdim etildi. “Onamning dugonalari” deb atalgan yangi taronaning yaratilish tarixi bo`lib, qo`shiq tayyor bo`lguniga qadar ancha vaqt o`tgan ekan. Qo`shiqning so`zini yozish borasida bir necha shoirlarga murojaat etgan san`atkorga hech bir shoir she`r yozib berolmagan.

Xonandaning dardi, dil nolalarini etkazolmagan shoirlardan biri “Shuhratjon, siz istagan dardni o`zingizdan boshqa inson qog`ozga tushirolmaydi, shuning uchun o`zingiz yozing”, deya maslahat bergan. Shundan so`ng, mazkur qo`shiqning musiqasi va matnini Shuhrat Qayumovning o`zi yozdi.

“Onamning dugonalari” nomli tarona aslida onasini sog`ingan va onasining dugonalariga ham hamisha hurmatda bo`lgan farzand nolasi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Hech bir insonni befarq qoldirmaydigan yangi qo`shiqni siz ham tinglab ko`ring.      

    Boshqa yangiliklar