AsosiyJamiyat

Ichan qal`ada harbiy navolar yangradi

'Ichan qal`ada harbiy navolar yangradi'ning rasmi

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugning Urgench garnizoni qo`mondonligi tashabbusi bilan Xiva shahrida joylashgan Ichan qal`a me`moriy yodgorlik oldida ming nafardan ziyod yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik festivali o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Ichan qal`a – O`rta Osiyodagi yirik va noyob me`moriy yodgorlik hisoblanadi. Xivaning ichki qal`a (Shahriston) qismi. Ichan qal`a shaharning Dishan qal`a (tashqi qal`a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishanqal`a)dan baland qo`rg`ontepagao`xshabko`rinadi. Ichan qal`aga 4 darvoza (Bog`chadarvoza, Polvondarvoza, Tosh darvoza, Otadarvoza)dankirilgan. Xorazm xalq me`morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal`ada joylashgan bo`lib, unga kirgan kishi tarix bilan yuzlashishini ta`minlaydi. 

Ichan qal`a qurilishida Xiva me`morlari O`rta Osiyoda qadimdan qo`llanib kelgan uslub – inshootlarni ro`parama-ro`para qurish uslubi ("qo`sh")dan foydalanishgan. Ichan qal`a me`morligining yana bir o`ziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Ichan qal`a me`moriy yodgorliklari yog`och o`ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Qal`a ansambli me`moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan. 1990 yildan Ichan qal`a Butun jahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan.

Vatanparvarlikka yo`g`rilgan kuy va qo`shiqlar, harbiy marsh navolari nafaqat fuqarolarimiz, balki mamlakatimizning buyuk tarixi bilan tanishish uchun chet eldan kelgan sayyoxlarning ham diqqatini o`ziga tortdi. 

Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazining harbiy orkestri jamoasi tomonidan Ichan qal`a ko`chalari bo`ylab ijro etgan jahon va milliy klassika janridagi kuylar barchani hayratga keltirdi.  Harbiy xizmatchilar tomonidan ko`rsatilgan qo`l jangi elementlari bilan ko`rgazmali chiqishlar, ayniqsa yoshlarda katta tassurot qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar