Fransiya prezidenti Fransua Olland milliy terma jamoa safida 100dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilarni esdalik mukofotlari bilan taqdirladi, deya xabar bermoqda sports.uz UEFA rasmiy sayti ma`lumotlariga tayanib.
Taqridlash marosimi Fransiya-Braziliya o`rtoqlik uchrashuvidan avval bo`lib o`tdi. Fransua Olland Fransiya terma jamoasi safida 103 uchrashuv ztkazgan va hozirda MTJni boshqarayotgan Dide Deshamni, Patrik Vieyrani (107 uchrashuv),Zinedin Zidanni (108 uchrashuv), Marsel Desayini (116 uchrashuv) va Terri Anrini (123 uchrashuv) mukofot bilan taqlirladi.
Fransiya safida eng ko`p uchrashuv o`tkazgan Lillian Tyuram (142 o`yin) taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadi. U o`z mukofotini 7 iyunda qo`lga kiritadi.





