AsosiyJamiyat

Dimitrios Bakolas: “O`zbekiston o`z misolida tanlab olingan rivojlanish yo`lining muvaffaqiyatli ekanligini namoyish etmoqda”

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazining xodimlari saylov jarayonini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari bilan tanishishda davom etmoqdalar.

Bizning navbatdagi suhbatdoshimiz “Europian Profiles S.A” kompaniyasining prezidenti, “Gresiya – O`zbekistan” do`stlik jamiyati raisi Dimitrios Bakolas bo`ldi:

- Men O`zbekistonga yana kelganimdan xursandman,– dedi u. – Kompaniyamiz 10 yil muqaddam O`zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish loyihasini amalga oshirish ishlari bilan shug`ullangan. Shuningdek, Oliy Majlis vakillari bilan hamkorlikda ikki palatali parlament mexanizmini ishlab chiqish ustida ham ish olib borganmiz. Bugun parlament mexanizmlarini takomillashtirish bo`yicha ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi barobarida bosqichma-bosqich oldinga qarab harakatlanmoqda.

Bugun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati o`z vazifalarini juda to`g`ri va xalqaro me`yorlarga muvofiq ravishda bajarmoqda. Qolaversa,  barcha davlatlar ertami-kechmi hokimiyat markazlashuvidan chekinishga ro`baro bo`ladi. Bu O`zbekistonga ham etib keldi. Bunday holat mamlakatda demokratiya darajasi o`sishining eng muhim ko`rsatkichlaridan biridir. O`ylaymanki, O`zbekistonda so`nggi ikki yil mobaynida o`tkazilgan konstitusiyaviy hamda qonunchilik islohotlari bu jarayonning o`suvchan ekanligini yaqqol namoyon etdi. O`zbekiston o`z misolida tanlab olingan rivojlanish yo`lining muvaffaqiyatli ekanligini namoyish etmoqda.

Hozir, mamlakat uchun muhim voqealar arafasida bu alohida ahamiyatga egadir. Shunisi aniqki, saylovga barcha siyosiy partiyalardan bir yo`la to`rtta nomzodning ilgari surilishi mamlakatning bosqichma-bosqich demokratlashuvi tasdig`i hisoblanadi. Bu esa aholida muqobillik imkoniyati, ya`ni tanlash imkoniyati borligini ko`rsatadi. Ular ongli ravishda munosib nomzodga ovoz berishadi.

Men kuzatuvchi sifatida O`zbekistonda bo`lishim chog`ida xalq bu saylov jarayonini qayday qabul qilayotgani, bugun aholi qay darajada faol ekanligi, O`zbekistonda saylovoldi kompaniyasi naqadar keng va hammabop hamda sifatli amalga oshirilgani bilan bog`liq jihatlarga alohida e`tibor qarataman. O`z-o`zidan ayonki, hamma narsa taqqoslashda ayon bo`ladi – o`tgan yillar davomida O`zbekistonda ko`p ishlar qilindi, infratuzilma yo`lga qo`yildi, aholining hayot darajasi hamda sifati ortib bormoqda. O`ylaymanki, mamlakatingiz uchun hali hammasi oldinda. Istiqbol yo`lida hayotga tadbiq etilayotgan ishlar o`z natijalarini beradi.

Manaba: Uzbekistan Today axborot agentligi

 

    Boshqa yangiliklar