Hayvonot bog`idagi ikki yoshli Afrika bug`usi tashrif buyuruvchilar tomonidan berilgan oziq-ovqatdan zaharlanish natijasida nobud bo`ldi. Aytish lozimki, bunday holat Toshkent hayvonot bog`ida birinchi marta sodir bo`layotgani yo`q. Shu boisdan yaqinda bog` ma`muriyati hayvonlarni zararli ovqatlardan himoyalash maqsadida keluvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqlab qo`ygan edi.
Aniqlanishicha, jonivor asosan polietilen xalta, non mahsulotlaridan zaharlanganini hamda non antiloplar uchun qat`iyan man etilishini ma`lum qildi.
Tashrif buyuruvchilar faqatgina hudud ichida joylashtirilgan maxsus sotuv joylaridan ruxsat berilgan mahsulotlarni sotib olishi va jonivorlarni oziqlantirishi mumkin.





