9 mart kuni soat 09:00 larda, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, Telesentr OFY hududidan o`tgan ichki avtomobil aylanma yo`lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktor burilayotgan vaqtida ortidan kelayotgan “Neksiya” ga to`qnashib ketadi. Yo`l harakati xavsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha ayni paytda "Neksiya" haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Natijada, “Neksiya” atomashinasi haydovchisi va yo`lovchisi voqea joyida vafot etishgan. Yong`in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.






