AsosiyJinoyat

Farg`onada 370 mln. so`mdan ortiq ish haqini o`zlashtirgan bosh hisobchi yordamchisi va uning sheriklari qo`lga olindi

'Farg`onada 370 mln. so`mdan ortiq ish haqini o`zlashtirgan bosh hisobchi yordamchisi va uning sheriklari qo`lga olindi'ning rasmi

Departamentning Marhamat tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga ma`lum qildi. 

Tuman xalq ta`limi bo`limi bosh hisobchisi yordamchisi G`.M. va boshqalar 2014-2020 yillar davomida tumandagi 32-sonli umum ta`lim maktabida ishlamagan 14 nafar fuqarolarga jami 371,9 mln. so`m ish haqi hisoblab, ushbu pul mablag`larini o`zlariga tegishli bo`lgan plastik kartalarga tushirib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilishganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G`.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar