AsosiySport

Dzyudochilarimiz Turkiya Gran-Prisiga tayyorgarlik ko`rmoqda

Shu yilning 27-29 mart kunlari Turkiyaning Samsun shahrida dzyudo kurashi bo`yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir o`tkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlatidan 566 nafar sportchi (360 nafar erkak – 206 nafar ayollar) jami 14 vazn toifasida g`oliblik uchun bellashadilar. Bu haqda olamsport.com ma`lumot beradi.

Gran-Pri turnirida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun reyting ochkolar ham o`ynalishi bois, tatamida kechadigan har bir bellashuv o`ta murosasiz ruxda kechishi kutilmoqda.

Ushbu turnirda 12 nafar sportchidan iborat O`zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirok etadi. Ayni kunlarda terma jamoamiz a`zolari bo`lajak nufuzli musobaqaga qizg`in hozirlik ko`rishmoqda.

Quyida, Gran-Pri turnirida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz tarkibi berilgan:

60 kg. Sharofiddin Lutfullaev, Diyorbek O`rozboev

66 kg. Rishod Sobirov

73 kg. Sarvar Shomurodov, G`iyosjon Boboev

81 kg. Yahyo Imomov, Shaxboz Sobirov

90 kg. Sherali Jo`raev, Davronbek Sattorov

-100 kg. Ramziddin Sattorov

+100 kg. Abdulla Tangriev, Boltaboy Boltaev

    Boshqa yangiliklar