AsosiySport

Mourino dunyoning boy murabbiylari ro`yxatida birinchi!

Fransiyaning dunyoga mashhur France Football nashri futbolchilardan so`ng endi 2014 yili eng ko`p daromad ko`rgan murabbiylarning ham reytingini e`lon qildi. TOP-10 reytingini “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino boshqarib turibdi. 2014 yilda Jozening bankdagi hisob raqami 18 million evroga boyigan, deb yozadi olamsport.com nashri.

Ikkinchi o`rinda borayotgan "Real" ustozi Karlo Anchelotti o`tgan yilda 15,5 mln. evro ishlab topgan bo`lsa, Xosep Gvardiola 15,2 mln. evroga boyigan.

BOY MURABBIYLARNING TOP-10 RO`YXATI:

1. Joze Mourino “Chelsi"- 18 million evro

2. Karlo Anchelotti “Real"- 15,5

3. Xosep Gvardiola “Bavariya"- 15,2

4. Arsen Venger “Arsenal"- 11,3

5. Lui van Gaal “Manchester Yunayted"- 10

6. Fabio Kapello Rossiya terma jamoasi– 9

7. Andre Villash-Boash “Tottenxem”/ “Zenit"- 8,5

8. Sven-Goran Eriksson “Shanxay Telleys"- 8

9. Yurgen Klopp “Borussiya D"- 7,2

10. Loran Blan “PSJ"- 7

    Boshqa yangiliklar