AsosiySport

France Football nashri eng ko`p pul ishlab topgan futbolchilarning yangi ro`yxatini e`lon qildi

Dunyoga mashhur France Football nashri 2014 yilda eng ko`p pul ishlab topgan futbolchilarning yangi ro`yxatini e`lon qildi. Bu borada ham “Barselona” hamda “Real” etakchilari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o`zaro raqobatchilik qilishdi.

Bu gal xuddi “El Klassiko”da bo`lgani kabi argentinalik futbol yulduzi portugaliyalik hamkasbini ortda qoldirdi.

Nashr hisob-kitobiga ko`ra, Messi 2014 yilda 65 million evro ishlab topgan. Bunga futbolchining “Barselona”dagi maoshi, qo`shimcha bonuslar va homiylik kelishuvlaridan olgan summasi kiradi.

Ikkinchi o`rinni Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. “Real” yulduzi Messidan 11million evro kam pul ishlab topgan – 54 million evro.

Kuchli uchlikka Messining jamoadoshi Neymar 36,5 million evro bilan yakun yasagan.

QOLGAN O`RINLAR TAQSIMOTI:

4. Tiago Silva (“PSJ”) - 27,5 mln evro

5. Robin van Persi (“Manchester Yunayted”) - 25,6 mln evro

6. Garet Beyl (“Real”) - 23,8 mln evro

7. Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”) - 22,5 mln evro

8. Zlatan Ibragimovich (“PSJ”) - 21,5 mln evro

9. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) - 21,2 mln evro

10. Robert Levandovski (“Bavariya”) - 20,2 mln evro

Manba: olamsport.com

    Boshqa yangiliklar