Bugun Xitoyning Shanxay shahrida figurali uchish bo`yicha jahon chempionati bahslariga start beriladi. Ikki kun davomida tashkilotchilar musobaqa ishtirokchilarini va delegasiyalarni kutib olib, chempionat oldidan seminarlar o`tkazishdi. Xabar berganimizdek, ushbu dunyo birinchiligida ham vakilimiz Misha Ge ishtirok etadi. Bu haqda olympic.uz xabar bermoqda.
Erkaklar o`rtasidagi qisqa dastur 27 mart sanasida bo`lib o`tsa, 28 mart kuni erkin dasturdan so`ng g`olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Bo`lajak musobaqada yurtdoshimizga omad tilab qolamiz. Turnir taqvimi bilan tanishing:
Turnir taqvami
Chorshanba, 25 mart
Muz ustida raqs, qisqa dastur
Juftlik, qisqa dastur
Payshanba, 26 mart
Ayollar, qisqa dastur
Juftlik, erkin dastur
Juma, 27 mart
Muz ustida raqs. Erkin dastur
Erkaklar, qisqa dastur
Shanba, 28 mart
Ayollar, erkin dastur
Erkaklar, erkin dastur





