AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqaro 46-maktab direktorini “ustidan yozish” bilan qo`rqitib, pul talab qildi

'Surxondaryoda fuqaro 46-maktab direktorini “ustidan yozish” bilan qo`rqitib, pul talab qildi'ning rasmi

Maktab direktorining ustidan shikoyat qilish bilan qo`rqitib, undan pul talab qilgan tovlamachi ushlandi, deya “darakchi.uz”ga xabar berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Aniqlanishicha, fuqaro B.B. joriy yilning 8 yanavr kunidan boshlab tumandagi 46-sonli maktab direktori A.A.ning ish faoliyati ustidan bir necha bor O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi va yuqori turuvchi idoralariga asossiz vajlar bilan shikoyat qiladi. U maktab rahbarini maktabning moliyaviy faoliyatini tekshirtirib ishdan oldirish bilan qo`rqitib, kelgusida uni bezovta qilmaslik va shikoyat qilmaslik evaziga pul talab qiladi. 

B.B. maktab direktori A.A.dan tovlamachilik yo`li bilan 2 mln so`mni olgan vaqtida ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar