AsosiyJamiyat

O`zbekiston milliy kutubxonasida Mahmud Zamaxshariy tavalludining 940 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasida ulug` mutafakkir Mahmud Zamaxshariy tavalludining 940 yilligiga bag`ishlangan “Mahmud Zamaxshariy merosi va hozirgi zamon” mavzusidagi ilmiy-nazariy anjuman bo`lib o`tdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar beradi.

Unda respublikadagi fan arboblari, taniqli tarixchilar, filolog va faylasuflar ishtirok etishdi.

Allomaning to`liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy bo`lib, u 1075 yil 19 mart kuni qadimgi Xorazmdagi Zamaxshar qishlog`ida tavallud topgan. U ko`pdan-ko`p shogirdlarni tarbiyalagan. Buyuk olim o`zining 50 dan ortiq asarlarini yozib qoldirgan.

Uning qalamiga mansub “Al-Kashshof an haqoiq ittanziyl va uyun ilaqoviyl fi vujuh itta`viyl” (“Qur`on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so`zlar ko`zlarini ochish”) asari Qur`on tafsiriga bag`ishlangandir.

    Boshqa yangiliklar